Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yigit onasining erini pichoqlab qo‘ydi

Yigit onasining erini pichoqlab qo‘ydi

Foto: «Region15.ru»

2021-yil 15-sentyabr kuni soat 00:30 larda Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro shar’iy nikohida bo‘lgan, Chust tumanida yashovchi, 1976-yilda tug‘ilgan ayol bilan uning yashash uyida o‘zaro janjallashib turgan vaqtida, ayol bilan birga yashovchi, 2002-yilda tug‘ilgan o‘g‘lining jahli chiqib, oshxonada bo‘lgan osh pichoqni olib chiqib, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaroning qorin qismi o‘ng tomoniga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 15-sentyabr’ kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deya xabar berdi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring