Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil talabalari. Ular kimlar?

Yil talabalari. Ular kimlar?

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ilk marotaba o‘tkazilgan «Yil talabasi» tanlovi g‘oliblari aniqlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlov oliy ta’lim muasssasalari talabalari o‘rtasida 3 bosqichda o‘tkazilib, unda jami 316 nafar yoshlar ishtirok etdi. Yakunda quyidagi iqtidorli talabla g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

«Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi» nominatsiyasi

1-o‘rin: Sardor Bozorboyev, O‘zbekiston milliy universiteti talabasi

2-o‘rin: Iroda Ismoilova, Urganch davlat universiteti talabasi

3-o‘rin: Shohruxbek Ahtamov, Toshkent axborot  texnologiyalar universiteti talabasi.

«Yilning eng tashabbuskor talabasi» nominatsiyasi

1-o‘rin: Sardor Berdiyev, Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Qarshi filiali talabasi 

2-o‘rin: Botirali Rahmonov, Farg‘ona davlat universiteti talabasi 

3-o‘rin: Kamoliddin Umarov, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat universiteti talabasi.

«Yilning ixtirochi talabasi» nominatsiyasi

1-o‘rin: Umid Ravshanov, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali talabasi

2-o‘rin: Sardorjon Saloydinov, Namangan muhandislik qurilish instituti talabasi

3-o‘rin: Diyora Oxunova, Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi

«Yilning sportchi talabasi» nominatsiyasi

1-o‘rin: Bektemir Meliqo‘ziyev, Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi

2-o‘rin: Shohsanamxon Toshpo‘latova, Qarshi davlat universiteti

3-o‘rin: Iqboljon Xoldorov, Andijon davlat universiteti talabasi

«Yilning ijodkor talabasi» nominatsiyasi

1-o‘rin: Sanjarbek Azimov, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi

2-o‘rin: Shohsanam Boychiboyeva, Milliy rassomchilik va dizayn instituti talabasi

3-o‘rin: Hulkar Xudoyberdiyeva, Samarqand davlat universiteti talabasi. 

Shuningdek, tanlov yakunlariga ko‘ra «Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi» nominatsiyasi bo‘yicha Toshkent davlat agrar universiteti talabasi Mohinur Jo‘rayeva hamda «Yilning eng faol notiq talabasi» nominatsiyasida Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali talabasi Gavharoy Usmonxo‘jayevalar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.
Tanlov nizomiga muvofiq ravishda har bir nominatsiya bo‘yicha 1-o‘rin sohiblari tanlov statuetkasi va eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida, 2-o‘rin sohiblari eng kam ish haqining 8 barobari miqdorida, 3-o‘rin sohiblari eng kam ish haqining besh barobari miqdorida pul mukofoti va diplom bilan taqdirlandilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring