Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil terma jamoasiga nomzodlar e’lon qilindi

Yil terma jamoasiga nomzodlar e’lon qilindi

FIFA 2021 yilning ramziy terma jamoasi uchun nomzod futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Terma jamoaning yakuniy tarkibi xalqaro jurnalistlar, terma jamoalar bosh murabbiylari va sardorlari bergan ovozlarga ko‘ra aniqlanadi. G‘oliblar 2022 yil 17 yanvar kuni e’lon qilinadi.

Nomzodlar ro‘yxatiga 23 o‘yinchi kirgan:

  • darvozabonlar: Alisson Bekker («Liverpul»), Janluiji Donnarumma («Milan» / «Pari Sen-Jermen»), Eduard Mendi («Chelsi»);
  • himoyachilar: David Alaba («Bavariya» / «Real»), Jordi Alba («Barselona»), Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»), Dani Alves («San-Paulu» / «Barselona»), Leonardo Bonuchchi («Yuventus»), Ruben Diash («Manchester Siti»);
  • yarim himoyachilar: Serxio Buskets, Frenki de Yong (ikkovi — «Barselona»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Jorjino, Ngolo Kante (ikkovi — «Chelsi»);
  • hujumchilar: Karim Benzema («Real»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus» / «Manchester Yunayted»), Erling Xollan («Borussiya» Dortmund), Robert Levandovski («Bavariya»), Romelu Lukaku («Inter» / «Chelsi»), Lionel Messi («Barselona» / «Pari Sen-Jermen»), Neymar, Kilian Mbappe (ikkovi — «Pari Sen-Jermen»).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring