Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil yakunida oltin yanada qimmatlashadi

Yil yakunida oltin yanada qimmatlashadi

Illyustrativ foto

Nyu-Yorkning Comex birjasidagi 23-sentyabrdagi savdolar ma’lumotlariga ko‘ra, oltinning birjadagi narxi 1 unsiyasi uchun 3800 dollardan oshdi (1 troya unsiyasi — 31,1034768 gramm).

Bizning vaqt bilan soat 13:39 holatiga ko‘ra, oltinning dekabr fyucherslari oldingi yopilishga nisbatan 25,7 dollarga qimmatlashib, 1 unsiya uchun 3800,8 dollarga yetdi. O‘sish 0,68 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, kumush ham qimmatlashdi: ushbu qimmatbaho metall bo‘yicha dekabr uchun fyuchers shartnomasi qiymati 0,32 foizga oshib, 1 unsiyasi 44,355 dollarga yetdi.

AQSh bojxona qoidalarini keskin kuchaytirishi oqibatida yuzaga kelgan savdo nizolari va umumiy geosiyosiy tartibsizliklar sharoitida oltinga talab o‘sishda davom etyapti va uning narxi tinmay oshmoqda. Mutaxassislar yil oxiriga borib oltin narxi (1 troya unsiyasi) 4 ming dollarga yetishi mumkinligini taxmin qilishyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring