Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yerga ulkan asteroid yaqinlashmoqda

Yerga ulkan asteroid yaqinlashmoqda

Illyustrativ foto

Anchagina katta — diametri 800 metr atrofidagi asteroid Yerga yaqinlashmoqda. Jahon astronomlari uni diqqat bilan kuzatishyapti, Rossiya FA Amaliy matematika institutining Xalqaro optik teleskoplar tarmog‘i ham ular qatorida.

Ta’kidlanishicha, fazoviy jism 16-fevral sanasida Yerga eng yaqin masofaga keladi. Soniyasiga 24 kilometr tezlikdagi asteroid 4,6 mln kilometr naridan o‘tib ketishi kutilyapti.

Solishtirish uchun: Yerdan Oygacha — 384 400 km, Yerdan Marsgacha — 55,76 mln km (Yer Quyosh va Mars o‘rtasida joylashganida, ya’ni eng yaqin masofa).

Ushbu jism sayyoramiz uchun xavflimi-yo‘qmi? Olimlar ayni savol ustida bosh qotirishyapti. Hisob-kitob ishlari tugagani yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring