Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘l haqini asossiz oshirganlar taksilarga chora ko‘rilmoqda - Transport boshqarmasi

Yo‘l haqini asossiz oshirganlar taksilarga chora ko‘rilmoqda - Transport boshqarmasi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun AOKA huzuridagi shtabda «Karantin davrida yo‘nalishsiz taksi haydovchilari tomonidan narxlarning asossiz oshirilishi» mavzusi yuzasidan Toshkent shahar Transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda aytilishicha, Toshkent shahar transport boshqarmasining avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlashni nazorat qilish bo‘limi nozirlari, soliq, monopoliyaga qarshi kurash tashkiloti hamda yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahridagi 32 ta madad postida nazorat va monitoring tadbirlari olib borilmoqda. 

10 iyuldan hozirga qadar yo‘l haqini asossiz oshirgan yoki tender shartnomasi talablarini buzgan 25 ta yuridik korxonaga ma’muriy choralar qo‘llanildi.

64 ta yo‘nalishsiz taksining litsenziya varaqalari bekor qilindi. 

Bundan tashqari yana 9 ta yuridik korxonaga chora ko‘rish va 21 ta taksining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha tayyorlangan xujjatlar sudga taqdim etildi.

Shuningdek, yo‘lovchilarga faqatgina qonuniy tarzda, ya’ni litsenziyali taksilar xizmatidan foydalanish, imkon qadar mobil ilovalar orqali taksiga buyurtma berish tavsiya etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring