Yo‘l harakati qoidalarini buzish jarimadan qimmatga tushishi mumkin

2021-yil 24-mart kuni taxminan soat 11:10 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Qo‘loqtepa ko‘chasidagi G‘ijduvon kafesi yonida ikkita transport vositalari: 28 yoshli Toshkent viloyatidan M.S. boshqaruvidagi «Spark» va 33 yoshli A.Ch. boshqaruvidagi «Honda» rusumli mototsikl to‘qnashuvi yuz berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil haydovchisi orqaga burilish vaqtida harakat ustuvorligiga ega bo‘lgan mototsiklga yo‘l bermagan.
YTH natijasida mototsikl haydovchisi jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazildi. Tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda, tan shikastlari og‘irligini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter