Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yolg‘iz yashash og‘ir kasalliklarni keltirib chiqarishi aytilmoqda

Yolg‘iz yashash og‘ir kasalliklarni keltirib chiqarishi aytilmoqda

Yolg‘izlik va yolg‘iz yashash jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Xususan, ortiqcha vazn, semizlik va alkogolizm va ovqatlanishning buzilishi shular jumlasidan.

Bu haqda OAVga shifokor va klinik psixolog Anton Polyakov ma’lumot bergan. 

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, yolg‘izlik uzoq davom yetadigan stress bilan birga kechadi, bu surunkali charchoq, xotira va konsentratsiyaning pasayishi shaklida namoyon bo‘lishi mumkin.

Har qanday stress xotira mustahkamlashga yordam beradigan moddalarning yo‘qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Natijada insonda xotira susayadi. 

Bundan tashqari, kortizol(gormon, organizmni stressdan himoyaya qiladi)ning ko‘tarilishi fonida odamlar ko‘pincha ortiqcha ovqatlanadilar. Natijada insulin qarshiligi kuchayadi. Shuning uchun yolg‘iz odamlar tez-tez semirishadi.

Shuningdek, yolg‘izlarda kayfiyat uchun javobgar gormon bo‘lgan neyrotransmitterlarning ishlab chiqarilishi sezilarli darajada kamayadi. Natijada, quvonch gormonining pasayishi, tashvish va vahimaning kuchayishi kuzatilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring