Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘llarda hushyorlikni oshiramiz! Qamchiq va Taxtaqorachada qor yog‘moqda

Yo‘llarda hushyorlikni oshiramiz! Qamchiq va Taxtaqorachada qor yog‘moqda

Ichki ishlar vazirligi YHXBB rasmiy telegram kanali orqali haydovchilarni ogohlikka chaqirdi. Chunki mamlakatimizning tog‘li hududlarida, xususan, Qamchiq va Taxtaqoracha dovonlarida qor yog‘ishni boshlagan.

Qamchiq dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘lining 235–240 kilometrlarida  (ikki tunnel oralig‘i) maydalab qor yog‘ishni boshlagani aytiladi.

Barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda, tezlikni me’yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanish so‘ralgan.

Shu bilan bir paytda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonining ayrim hududlarida maydalab qor yog‘moqda. Yo‘llar holati yaxshi. Haydovchilardan:

  • tezlik me’yoriga rioya qilgan holda;
  • oraliq masofani saqlab;
  • o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakatlanish so‘ralgan.

Ob-havo sharoitini inobatga olib, agar zarurat bo‘lmasa, tungi vaqtda dovon yo‘lida harakatlanmaslik tavsiya qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring