Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘lovchini «qo‘rqitib yuborgan» o‘rindiq haqida tushuntirish berildi

Yo‘lovchini «qo‘rqitib yuborgan» o‘rindiq haqida tushuntirish berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchining Toshkent metropolitenining «Olmazor» bekatidagi o‘rindiqdan qo‘rqib ketgani haqidagi posti tarqaldi.

«Toshkent metropoliteni» DUK ushbu holatga munosabat bildirib, o‘rindiqlar 2020 yilning dekabr oyida o‘rnatilgani, dizayni oddiy uslubda yaratilganini va ushbu o‘rindiqlar hech qanday ramziy ma’noga ega emasligini qayd etdi.

«Shu o‘rinda fuqarolardan noo‘rin xulosalarga kelmasliklarini so‘raymiz. Jumladan, kutish o‘rindiqlari maxsus tarzda ikki tomonlama ochiq qilib joylashtirilgan», deyiladi munosabatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring