Yo‘lovchisi yurak hurujiga uchragan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
Dehli-Chikago yo‘nalishida AI-127 reysini amalga oshirayotgan «Air India» aviakompaniyasi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Favqulodda qo‘nishga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan. Samolyotda bo‘lgan 86 yoshli ayol yurak hurujiga uchragan. Shunfan so‘ng ekipaj eng yaqin muqobil aerodromga borishga qaror qildi.
Soat 06:44 da «Air India» aviakompaniyasining samolyoti Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Yo‘lovchi va uning hamrohi tez tibbiy yordam mashinasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketilgan.
«Air India» aviakompaniyasi samolyoti hozirda Toshkent aeroportidan uchishga hozirlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter