Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yomon bahoga o‘qigan talaba stipendiyadan mahrum bo‘ladi

Yomon bahoga o‘qigan talaba stipendiyadan mahrum bo‘ladi

Foto:«Xabar.uz»

Endilikda barcha talabalar bir xil miqdorda stipendiya olishi haqida xabar berilgandi. 

Lekin yaxshi o‘qigan, ilmiy va jamoatchilik ishlarida faol bo‘lgan talabalarga OTM rektorlari tomonidan stipendiyaning 50%igacha (200 ming so‘mgacha) miqdorda qo‘shimcha rag‘batlantirish tartibi joriy qilinadi. Bunday qo‘shimcha stipendiyani kimga berishni rektorlar hal qiladi, deya yozmoqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Davlat grantida o‘qiyotgan talabalar agar semestr yakunida 30%dan ortiq fanlardan 3 baho olsa, kelgusi semestrda stipendiya olish huquqidan mahrum bo‘ladi.

Prezident va nomdor stipendiyalarni olgan talabalar uchun stipendiya miqdori saqlab qolinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring