Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yonas Astrup: «Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan amaldorga chora ko‘rilishi kerak»

Yonas Astrup: «Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan amaldorga chora ko‘rilishi kerak»

Foto: «Turon 24»

Xabar berganimizdek, 29-oktyabr kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik va uning har qanday ko‘rinishiga barham berish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ushbu yig‘ilishda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) loyiha bosh texnik maslahatchisi Yonas Astrup ham ishtirok etdi va ma’ruza qildi.

«Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekiston prezidentining majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha farmonini olqishlaydi. O‘ylaymizki, O‘zbekiston fuqarolari bunday vaziyatlarga toqat qilishmaydi va hech kim qonundan ustun emasligini tushunib yetishadi», — dedi u.

«O‘zbekiston hukumatining majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini XMT ham qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan hukumat darajasidagi amaldorga chora ko‘rilishi xalqaro hamjamiyat uchun muhim ahamiyatga ega. Xalqaro hamjamiyat O‘zbekistonda ro‘y berayotgan hodisalarga birgina holat uchun yoki biryoqlama xulosa chiqarmaydi, balki hukumat bunga qanday munosabatda bo‘lganiga ham e’tibor qaratadi. Hozirgi vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilingani o‘ta muhimdir», – qo‘shimcha qildi Yonas Astrup.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring