Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yong‘in Janubiy Koreya raqamli infratuzilmasini ishdan chiqardi

Yong‘in Janubiy Koreya raqamli infratuzilmasini ishdan chiqardi

Janubiy Koreyada ma’lumotlar markazi (data-markaz)da yuz bergan yong‘in tufayli mamlakat raqamli infratuzilmasi butunlay ishdan chiqdi.

Favqulodda hodisa mamlakat IT-infratuzilmasining yuragi — Milliy axborot resurslari xizmati binosida sodir bo‘lganDastlabki ma’lumotlarga ko‘rsa, litiy-ionli batareyalarni almashtirish paytida yong‘in boshlanib ketgan.

Jami 647 ta davlat xizmati zarar ko‘rdi, ulardan 96 tasi butunlay yo‘q bo‘lgan.

Bular orasida:

  • Davlat xizmatlari portali analogi;
  • Fuqarolarni identifikatsiyalash tizimi;
  • G-Drive 2018-yildan buyon millionlab rasmiy fayllar saqlab kelingan davlat bulutli hujjatlar ombori (ma’lumotlar endi yo‘q yoki foydalanish mumkin emas);
  • Davlat elektron pochtasi;
  • Ta’lim, moliya va ma’muriy tizimlar.

Yong‘in oqibatida G-Drivedagi 858 terabayt ma’lumot yo‘qotilgan.

Eng dahshatlisi, zaxira nusxalari ham endi yo‘q, ular yonib ketgan binodagi qo‘shni serverda saqlangan edi.

Hozirda ma’lumotlarni mahalliy nusxalar, elektron pochta arxivlari va xodimlarning kompyuterlarida saqlangan hujjatlardan tiklashga harakat qilinmoqda.

Tizimlarni tiklashga mas’ul yuqori lavozimli amaldor o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda.

Janubiy Koreya elektron hukumat, davlat xizmatlari, umuman, raqamlashtirish borasida jahondagi yetakchi mamlakatlardan hisoblanadi. Favqulodda hodisa oqibatlari qanchalik og‘irligini tasavvur qilish ham qiyin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring