Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shota Rustaveli»dagi fojia: yosh haydovchi piyoda umriga zomin bo‘ldi

«Shota Rustaveli»dagi fojia: yosh haydovchi piyoda umriga zomin bo‘ldi

19-noyabr kuni Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida 2003-yilda tug‘ilgan haydovchi Asadbek A. «Nexia-3» avtomashinasida harakatlanib, piyodani urib yubordi.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohatlari olgan 34 yoshli Railya K. kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring