Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yosh»i 15 dan oshgan mashinalarni «trade-in» orqali xarid qilish tartibi ishlab chiqiladi

«Yosh»i 15 dan oshgan mashinalarni «trade-in» orqali xarid qilish tartibi ishlab chiqiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiyot va moliya vazirligiga bir oy muddat ichida avtotransport vositalarining atmosfera ifloslanishiga ta’sirini kamaytirish maqsadida Toshkent shahrida «Yevro-4» ekologik standartiga javob bermaydigan «M» va «N» toifasiga mansub, 2010-yilgacha bo‘lgan davrda ishlab chiqarilgan mashinalarni «trade-in» tizimi orqali xarid qilish tartibini ishlab chiqishni topshirdi.

Shuningdek, 2026-yil 1-aprelga qadar Toshkent shahrining 700 ta chorrahasida zamonaviy, sun’iy intellekt yordamida harakat oqimini boshqarish imkoniyatiga ega intellektual svetofor tizimi joriy qilinadi.

Ichki ishlar vazirligi 2026-yil yakuniga radar respublikadagi barcha toifaga kiruvchi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish choralarini ko‘radi.

Bosh prokuratura esa 2025-yil 25-noyabrdan boshlab 2026-yil 25-martga qadar mazut, ishlatilgan avtomobil moyi va shinasining noqonuniy aylanmasini oldini olish, aniqlangan takdirda keskin choralar ko‘rish ishlarini olib boradi va natijasi yuzasidan Prezident Administratsiyasiga axborot kiritadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring