Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yoshlar ijod saroyi» Savdo-sanoat palatasiga berilmoqda

«Yoshlar ijod saroyi» Savdo-sanoat palatasiga berilmoqda

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga 20 oktyabr kuni «Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qo‘yildi.

Farmon loyihasida, Toshkent shahrida joylashgan «Yoshlar ijod saroyi» binosi Palata balansiga o‘tkazib berilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur binoda Palata tomonidan mahalliy va xorijiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida biznes-forumlar, ko‘rgazmalar, ochiq-muloqotlar, uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, Koreya xalqaro rivojlantirish agentligining (KOICA) 5,5 million dollar miqdoridagi grant hisobiga Palata qoshida namunaviy «Startaplarni qo‘llab-quvvatlash markazi» biznes-inkubatori tashkil etish qayd etilgan. Markaz biznes-inkubatori Toshkent shahridagi 25-uy B-blok manzilidagi binoda joylashtirish va ushbu binoni Palata balansiga o‘tkazib berish rejalashtirilgan.

Ayni vaqtda «Yoshlar ijod saroyi»ga Yoshlar ittifoqi egalik qilmoqda. Undan avval Madaniyat vazirligi tasarrufida bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, «Yoshlar ijod saroyi» 2008 yilda qurilgan. Mazkur majmua 3 ta zalga bo‘lingan. Bular: madaniy-ma’rifiy tadbirlar uchun mo‘ljallangan katta zal va san’atning turli yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan ijodiy ustaxonalar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring