Yoshlar ittifoqining Qashqadaryo viloyat kengashiga rais o‘rinbosari tayinlandi

Ittifoqning Qashqadaryo viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Sardor A’zamovich Jo‘rayev joriy yil aprel oyida Nishon tumani hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga tayinlangan edi.
Endilikda ushbu bo‘sh qolgan o‘rinbosarlik lavozimi Yoshlar ittifoqining Qarshi shahar kengashi raisi Allayev Davron Dolliyevichga ishonib topshirildi.
U 1993-yilda Koson tumanida tug‘ilgan. Toshkent kimyo-texnologiya institutini 2016-yilda tamomlab, faoliyatini «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi ma’naviy-ma’rifiy loyihalar bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozimidan boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter