Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlarning oliygohga kirishi bo‘yicha Surxondaryo bir yilda katta sakrash qildi

Yoshlarning oliygohga kirishi bo‘yicha Surxondaryo bir yilda katta sakrash qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentning O‘zbekiston yoshlari bilan uchrashuvida ta’kidlanishicha, yoshlarning oliygohga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha Surxondaryo bir yil ichida 11-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarilib, katta sakrash qildi. Jizzax va Sirdaryo ham yaxshi natija ko‘rsatmoqda.

Ikki yil oldin xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta hududdan 45 nafar o‘quvchi sovrin olgan bo‘lsa, o‘tgan 6 oyda ularning safiga Jizzax, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari o‘quvchilari ham qo‘shilib, jami 166 ta medal qo‘lga kiritildi.

«Bir million dasturchi» loyihasi doirasida 325 ming yoshlar o‘qitildi. Ayniqsa, Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand yoshlari ITdan katta daromad topishni o‘rganib oldi.

Boshqa bir misol: o‘tgan yili 150 mingdan ziyod yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlari oldi, bu 2023-yilga nisbatan 2 baravar ko‘p.

Xorijiy tillarni mukammal bilish bo‘yicha Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Samarqand yoshlari ancha ilgarilab ketdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring