«YouTube»ning O‘zbekistonda monetizatsiyasi yoqilishi 30-50 mln dollar daromad keltiradi – tahlil

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi «YouTube» platformasining O‘zbekistonda reklama daromadi ko‘rish (monetizatsiya) xizmati yoqilishini tahlil qildi.
Qayd etilishicha, «YouTube» monetizatsiyasi 108 ta davlatda yoqilgan bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Qozog‘istonda mavjud.
O‘zbekistonda kreativ industriya sohasiga oid 9,6 ming korxonada 84 ming nafar xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. Kreativ iqtisodiyotning umumiy iqtisodiyotdagi ulushini 2030 yilgacha 5 foizga yetkazish maqsad qilingan.
Monetizatsiya xizmati yoqilishi natijasida O‘zbekistonda mahalliy reklama bozori hajmi oshadi. 2024 yilda reklama bozori 2,1 trln. so‘m bo‘lib, 29 foiz – raqamli reklamaga to‘g‘ri keladi (20 foiz – tashqi reklama, 51 foiz – telereklamalar).
Markaz mutaxassisi F.Rahimovga ko‘ra, platformada monetizatsiyaning O‘zbekiston uchun yoqilishi natijasida mahalliy blogerlarning daromadi yiliga 30-50 mln dollarga yetishi mumkin. Bu orqali yangi kontent yaratuvchilar soni oshib, kreativ sanoat rivojlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter