Yozda nima qilmoq kerak – Ibn Cino badantarbiya haqida

Badantarbiya chuqur va ketma-ket nafas olishga majbur qiluvchi ixtiyoriy harakatdir. Mo‘’tadil ravishda o‘z vaqtida badantarbiya bilan shug‘ullanuvchi odam buzilgan xiltlardan paydo bo‘lgan kasalliklar, mizoj va ilgari o‘tgan kasalliklar tufayli yuz beruvchi xactaliklar muolajaciga muhtoj bo‘lmaydi. Bunda, albatta, o‘zga tadbirlar ham muvofiq va to‘g‘ri amalga oshirilishi kerak. Masalan, bilquvva ovqat deb atalgan narsalarning birortasi ham to‘la ravishda amalda oziqqa aylanmaydi. Har birining hazm bo‘lishida undan qandaydir chiqindi qoladi. Tabiat uni chiqarmoqqa urinadi. Lekin yolg‘iz buning o‘zi yetarli emac, shu cababdan har bir taom hazmidan co‘ng, albatta, chiqindidan ma’lum bir qoldiq qoladi.
Ba’zi narsalar ko‘p miqdorda to‘planib, ulardan ko‘p chiqindi yig‘iladi va badanga zararli ta’sir etadi. Ya’ni chiqindi chirisa, chirish natijasida kelib chiqadigan kasalliklar paydo bo‘ladi. Bu hol kuchaysa, mizojning buzilishiga olib keladi. Chiqindilar miqdori ko‘payishi esa (modda bilan) to‘liqlik tufayli keladigan kasalliklarni tug‘diradi. Agar chiqindi biron a’zoga quyilsa, u yerda shish paydo bo‘ladi; uning bug‘lari ruh javhari mizojini buzadi. Shuning uchun chiqindilarni chiqarib tashlashga zarurat tug‘iladi. Ammo chiqarib tashlash zaharli dorilar yordamidagina to‘la va yaxshi bo‘ladi. Bu dorilar ayni chog‘da inson tabiatini susaytiradi; zaharsiz dorilarni ishlatish ham odam tabiatiga ortiqcha yuk.
Badantarbiya o‘zga tadbirlar bilan birga to‘g‘ri qo‘llanganda gavdada to‘ldiruvchi narsalar to‘planishining oldini oluvchi kuchli omilga aylanadi. Shu bilan birga tug‘ma issiqlikni oshiradi, tanaga yengillik beradi. Yengilgina issiqlik paydo qilib, kunda to‘planuvchi chiqindilarni yo‘qotadi. Harakat chiqindilar chiqish yo‘llari tomon curilishini osonlashtirib, vaqt o‘tishi bilan ular to‘planishining oldini oladi. Harakat tug‘ma issiqlikni ko‘paytirib, bo‘g‘in va paylarni mustahkamlaydi. Ta’sir qilish va chet ta’sirlarga bardosh berish qobiliyati oshadi. Chiqindilar kamayishi bilan a’zolar ovqatni yaxshi qabul qila boshlaydi. Tortuvchi quvvat ham harakatlanadi, a’zolardagi tugunlar yechiladi va yumshaydi, turli rutubatlar suyuqlashadi, teshikchalar kengayadi.
Badantarbiya bilan shug‘ullanmay qo‘ygan kishi ingichka og‘riq kasaliga uchraydi, chunki har bir a’zo uchun hayot quroli bo‘lgan tug‘ma ruhni tortib keltiruvchi harakatni tark etishi natijasida a’zolar zaiflashadi. O‘zaro tortishish, musht bilan turtishish, yoydan o‘q otish, tez yurish, nayza otish, biror narsaga irg‘ib osilish, bir oyoqda sakrash, qilichbozlik, nayzabozlik, otda yurish, ikki qo‘lni silkitish badantarbiya turlaridir. Bunda odam oyoq uchida turib, qo‘llarini oldin va orqaga cho‘zib tez harakat qiladi.
Nozik va yengil badantarbiya turlariga eca arg‘imchoqda uchish, belanchakda tik holda yo yotib uchish, qayiq yo kemada sayr qilish kiradi. O‘z soyasi bilan olishish, chapak chalish, sakrash, nayza uchi bilan sanchish, katta va kichik kurralar bilan chovgon o‘ynash, koptok o‘ynash, kurash, tosh ko‘tarish, quvlashish va chopayotgan otni jilovidan tortib to‘xtatish ham shu turga kiradi.
Gavdaning har bir qismi uchun maxsus harakatlar bor. Qo‘l va oyoq harakatlari ma’lum. Ko‘krak va nafas a’zolari harakatlari quyidagicha: kishi tovushini goh pasaytirib, goh o‘rtacha yoki kuchli ovozda og‘iz, tilcha, til va bo‘yindagi a’zolarini harakatlantiradi; natijada rang yaxshilanib ko‘krak tozalanadi. Harakatlar turiga puflash va nafasni ushlab turish ham kiradi. Bu butun tanaga doir harakat bo‘lib, undagi yo‘llarni kengaytiradi.
Har bir kishi o‘ziga moc harakatni tanlashi kerak. Belanchakda uchish kabi yengil harakat isitmadan holsizlangan kishilar uchun, harakat va o‘tirishga qurbi yetmaydiganlar uchun muvofiq. Bu harakat endigina betoblikdan tuzalgan kishilarga, xarbaq va shu kabi kuchli surgilarni ichib kuchsizlanganlar va ko‘krak-qorin to‘sig‘i kasallariga muvofiqdir. Agar odam sekin tebratilsa, uni uyqu bocadi, undagi yel tarqaladi. Bu harakat bosh kasalliklaridan kelib chiqqan parishonlik va tez unutish, ishtahani ochish va tabiatni uyg‘otish uchun ham foydali.
Aravada orqasini old tomonga o‘girib o‘tirish ko‘zi zaif va xira kishilarga foydali. Qayiq va kemalarda sohilga yaqin yerlarda sayr qilish ham samara beradi. Agar tebranishdan ko‘ngil aynib, keyin bosilsa, bu me’da uchun foydalidir. Taom hazm qilish a’zolari badantarbiyasi butun tana badantarbiyasiga muvofiqdir. Ko‘zni esa, mayda buyumlarga tikilib qarab, vaqti-vaqti bilan yuqoridagi narsaga tez ko‘z yugurtirish bilan harakat qildiriladi. Eshitish juda past ovozlar, ba’zida kuchli tovushlarni tinglash bilan tarbiyalanadi. Shuningdek, cust a’zolarni ortiqcha harakat qildirishdan saqlanish lozim. Masalan, oyoq venalari kengaygan kishi harakatning ko‘pini bo‘yin, bosh, qo‘llarga ko‘chircin. Shunda gavdaning yuqori qicmidagi harakat oyoqlarga ham ta’cir etadi.
Badantarbiyani boshlash vaqtida tana toza bo‘lishi, ichki a’zo va tomirlarda yomon, yetilmagan kaymuslar bo‘lmasligi kerak, badantarbiya bularni butun gavdaga tarqatishi mumkin. Kecha yeyilgan ovqat me’dada, jigar va tomirlarda hazm bo‘lgan, keyingi ovqatni qabul qilish fursati yaqinlashgan bo‘lishi kerak. Qorni to‘q kishining badantarbiyaci qorni och kishi badantarbiyacidan yaxshiroq.
Mo‘’tadillik badantarbiya uchun eng yaxshi holat. Ba’zan issiq va quruq mizojli kishi badantarbiya qilish natijasida og‘rishi mumkin. Agar uni to‘xtatsa, tuzaladi.
Badantarbiya bilan shug‘ullanuvchi, avvalo, ichak va qovuqdagi chiqindilarni chiqarib tashlashi, keyin harakat qilishi kerak. Gavdani tayyorlash uchun avval uni qattiq mato bilan ishqalash lozim, bundan kishi tabiati uyg‘onib, teri teshiklari kengayadi. Undan keyin chuchuk moy bilan gavdani ishqalab, asta-sekin kuchciz uqalashga o‘tiladi va co‘ng badantarbiyaga kirishiladi.
Bahorda badantarbiya uchun eng muvofiq vaqt tushga yaqin bo‘lib, o‘rtacha haroratli uyda qilinishi kerak. Yozda esa badantarbiya ertaroq vaqtga ko‘chiriladi. Qishga kelsak, ovqatning hazm bo‘lishi va chiqindilarning chiqarilishi jihatidan, yuqorida aytganimiz kabi, eng mos vaqt topilib, badantarbiya qilinadi.
«Tib qonunlari»dan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter