Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yozgi Osiyo o‘yinlari g‘oliblariga qancha mukofot berilishi e’lon qilindi

Yozgi Osiyo o‘yinlari g‘oliblariga qancha mukofot berilishi e’lon qilindi

«2022-yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–234-son, 05.05.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, mazkur Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlashning ustuvor vazifalari belgilandi.

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindorlar, ularning trenerlari quyidagicha rag‘batlantiriladi:

G‘olib va sovrindorlar:

  • oltin medal uchun – 5 000 AQSh dollari;
  • kumush medal uchun – 3 000 AQSh dollari;
  • bronza medal uchun – 2 000 AQSh dollari;

G‘olib va sovrindorlarni tayyorlagan trenerlar:

  • oltin medal uchun – 2 500 AQSh dollari;
  • kumush medal uchun – 1 500 AQSh dollari;
  • bronza medal uchun – 1 000 AQSh dollari;

Boshqa mutaxassislar (shifokor, diyetolog, massajist va boshqalar):

  • oltin medal uchun – 2 000 AQSh dollari;
  • kumush medal uchun – 1 000 AQSh dollari;
  • bronza medal uchun – 500 AQSh dollari miqdorida bir martalik pul mukofotlari.

Bundan tashqari, g‘olib va sovrindorlar, trenerlar qo‘shimcha ravishda mahalliy budjetdan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

G‘olib va sovrindorlar:

  • oltin medal uchun – BHMning 300 baravari;
  • kumush medal uchun – BHMning 200 baravari;
  • bronza medal uchun – BHMning 100 baravari miqdorida;

G‘olib va sovrindorlarni tayyorlagan trenerlar:

  • oltin medal uchun – BHMning 200 baravari miqdorida;
  • kumush medal uchun – BHMning 100 baravari miqdorida;
  • bronza medal uchun – BHMning 50 baravari miqdorida.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring