Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yozning birinchi kuni quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi

Yozning birinchi kuni quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi

O‘zbekistonda yoz faslining birinchi kunlari quruq va juda iliq ob-havo bilan boshlanadi. Iyun oyining dastlabki kunlarida havo harorati kechalari 14-19 daraja, kunduz kunlari 31-34 darajani tashkil etadi.

Jumladan, 2-4 iyun kunlari joylarda havo harorati o‘rtacha kechasi 17-22 daraja, kunduzi 2-iyunda 32-37 daraja, 3-4 iyunda 30-35 daraja bo‘ladi.

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 2-3 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 19-24 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring