YPX xodimlarining yangi formalari namoyish etildi (foto)
YPX xodimlarining yangi namunadagi kiyim-boshlari tasdiqlandi. Bu haqda YXHB matbuot xizmati xabar qildi.
Ichki ishlar vazirining 13.09.2021 yildagi 335-son buyrug‘iga asosan vazirlikning ayrim buyruqlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi YHX xodimlari tomonidan alohida farqlovchi ko‘krak va qo‘l belgilarini yangi namunadagi formali kiyim-boshiga taqish qoidalari belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, buyruq bilan IIV tizimidagi orkestrlar hamda namunaviy ashula va raqs ansamblining shaxsiy tarkibini inventar kiyim-kechak mulklari bilan ta’minlash me’yorlariga ham o‘zgartirishlar kiritildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter