Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YTONG gazobloklari: nemis sifati va maksimal energiya samaradorligi

YTONG gazobloklari: nemis sifati va maksimal energiya samaradorligi

100 yillik tarixga ega Germaniyaning YTONG gazobloklari O‘zbekistonda xavfsizlik va energiya samaradorligining yangi standartlarini o‘rnatmoqda.

Bugungi kunda gazobeton haqli ravishda XXI asrning asosiy qurilish materiallaridan biri hisoblanadi. Sabablari aniq: energiya resurslari narxining oshishi energiya samaradorligini har qanday zamonaviy loyiha uchun zarur shartga aylantiradi, ekologiya va chidamlilik talablari ishlab chiquvchilar va xususiy quruvchilar uchun odatiy holga aylandi. Shu nuqtai nazardan, yuz yildan beri avtoklavlangan gazobeton bloklari texnologiyasini ishlab chiqayotgan Germaniyaning YTONG brendi o‘z yo‘nalishida standartlarni belgilovchi korxona hisoblanadi.

2022 yilda O‘zbekistonda Germaniyaning YTONG brendi ostidagi avtoklavlangan gazobeton ishlab chiqarish zavodi o‘z faoliyatini rasman boshladi. Mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish muhim bosqichga aylandi. Endilikda nemis sifatidagi zamonaviy texnologiyalar O‘zbekiston mijozlari uchun mavjud. Bu logistikani soddalashtiradi va mijozlar uchun xarajatlarni kamaytiradi.

Tasdiqlangan energiya samaradorligi: YTONG haqiqatan ham energiya sarfini kamaytiradi

EPD (Environmental Product Declaration) tadqiqotlik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, YTONG gazobloklari past issiqlik o‘tkazuvchanligiga ega, bu esa issiqlik yo‘qotilishini sezilarli darajada kamaytiradi. Bu degani binoni yozda sovitish, qishda isitish uchun xarajatlar kamayadi.

Mustaqil tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, past issiqlik o‘tkazuvchanligiga ega va issiqlik izolyasiyasi bilan jihozlangan devorlar harorat o‘zgarishiga chidamli bo‘ladi va issiqlik yo‘qotishlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Issiqlik xaritalarida ko‘rganimizdek, YTONG gazobloklaridan qurilgan uylar sovuqni o‘tkazmaydi, an’anaviy g‘isht devorlari esa energiyani yo‘qotadi.

Bu degani YTONG gazobloklari haqiqiy ekstremal sharoitda ham o‘z afzalliklarini isbotladi. YTONG mahsulotlari me’morlar va quruvchilarga energiya tejamkorligi bo‘yicha eng yuqori standartlarga erishishga yordam beradi, muhandislik tizimlariga yukni kamaytiradi va oxirgi foydalanuvchilarning qulayligini ta’minlaydi. YTONG — bu uzoq muddat davomida xizmat qiladigan, ishonchli va tejamkor mahsulot hisoblanadi.

YTONG gazobloklari — shunchaki qurilish materiali emas, balki qariyb asrlik muhandislik an’analarining natijasidir. Nemis texnologiyalari asosida ishlab chiqarilgan mahsulot Yevropada o‘zining energiya samaradorligi va mustahkamligini isbotladi va hozirda O‘zbekistonda ham mavjud.

YTONG gazobloklaridan foydalanib, developerlar va xususiy quruvchilar energiyani tejaydigan, o‘nlab yillar davomida xizmat qiladigan va zamonaviy qurilishning eng qat’iy talablariga javob beradigan qurilish materialini tanlaydilar.

YTONG. Vaqt bilan sinalgan standartlar.

YTONG mahsulotlari bilan kompaniya shourumlarida tanishishinguz mumkin:

• Toshkent sh., Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1 (Akfa savdo markazi);

• Toshkent sh., Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasi, 136A.

Quyidagi telefon raqamlari orqali maslahat olishingiz va buyurtma berishingiz mumkin:

+998 99 331 30 30

+998 97 410 97 83

+998 99 213 00 00

Sayt: ytonguzbekistan.uz
Facebook: @ytong.uzbekistan
Instagram: @ytong.uzb

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring