Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yulduz Usmonova sudda yutqazdi

Yulduz Usmonova sudda yutqazdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga da’vogar Y.Ro‘ziyev javobgar Yu.Usmanovaga nisbatan «Xasta bo‘lma» qo‘shig‘ining she’r muallifi sifatida mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilganligi uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.

Bugun, 29 oktyabr kuni qabul qilingan hal qiluv qarori bilan da’vo ariza qisman qanoatlantirilib, Yu.Usmanovadan da’vogar Y.Ro‘ziyevga 50.000.000 so‘m ma’naviy zarar uchun kompensatsiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobar miqdorida yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring