Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy Osiyoda OIVni yuqtirish holati ko‘paymoqda

Markaziy Osiyoda OIVni yuqtirish holati ko‘paymoqda

Foto: «Depositphotos»

BMTning OIV/OITS bo‘yicha birlashgan dasturi (YuNEYDS) hisoboti bugun, 16-iyul kuni omma e’tiboriga havola etildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Unda qayd etilishicha, 2018-yili dunyo bo‘yicha 1,7 million inson OIV(VICh)ni yuqtirgan. Bu 2010-yilga solishtirganda 16 foizga kamdir.

Ta’kidlanishicha, ushbu natija avvalambor Janubiy va Sharqiy Afrikada ushbu kasallikka qarshi samarali kurash olib borilishi natijasidir. Xususan, JARda VIChni yuqtirish holati 40 foizdan ko‘proqqa kamaygan.

Ayni paytda jahon bo‘yicha OIV bilan kasallanganlar soni 37,9 mln. nafar bo‘lib, shundan 1,7 mln. nafari bolalardir. Ularning 79 foizi kasalligini biladi. 2018-yili OITS oqibatida 770 ming nafar inson hayotdan ko‘z yumdi, o‘lim holati 2010-yilga nisbatan 33 foizga kamaygan.

Ammo YuNEYDS hushyorlikni boy bermaslikka chaqirmoqda: boshqa mintaqalarda OIVni yuqtirish holatlari ko‘paymoqda. Xususan, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda (o‘sish — 29 foizdan), Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada (10 foizdan) hamda Lotin Amerikasi (7 foiz)da OIVni yuqtirish holatlari ko‘payib boryapti.

Ma’lumot uchun: OIV (VICh) — Odam organizmidagi immunitet tanqisligini keltirib chiqaruvchi virus. Asosan odamning immunitet (himoya) tizimiga ta’sir qiladi.

OITS (SPID) – orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi. U OIV infeksiyasining yakuniy bosqichi hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring