Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobodda suv toshishiga elektr o‘chishi sabab qilindi. Energetika vazirligi buni rad etdi

Yunusobodda suv toshishiga elektr o‘chishi sabab qilindi. Energetika vazirligi buni rad etdi

Poytaxtning Yunusobod tumani 5, 6, 7 dahalarida texnogen suv bosish hodisalari kuzatildi.

«Toshkent shahar suv ta’minoti» AJ bunga elektr tizimidagi uzilishlar sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Bunga javoban Energetika vazirligi rasmiy munosabat bildirib, Yunusobod tumanidagi 4-sonli qozonxonada 2-3 iyul kunlari elektr ta’minotida hech qanday uzilish yuz bermaganini qayd etdi.

Bugun, 2024 yil 3 iyul sanasida Yunusobod tumanining 6- va 7-mavzelarida suv toshishiga oid xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu hodisa yuzasidan Toshkent shahar «Suv ta’minoti» AJ matbuot xizmati tomonidan voqeaga hudud yaqinida joylashgan «Toshkent issiqlik markazi» MChJga qarashli 4-sonli qozonxonada elektr ta’minoti uzilishi sabab bo‘lganligi keltirilgan.

«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tarkibidagi «Toshkent issiqlik markazi» MChJ Toshkent shahar «Suv ta’minoti» AJning mazkur bayonoti haqiqatga mos emasligini bildiradi va 4-sonli qozonxonada 2-3 iyul kunlari elektr ta’minoti bilan bog‘liq hech qanday uzilish yuz bermaganini ma’lum qiladi. Suv toshqiniga qozonxona faoliyatining hech qanday aloqasi yo‘q.

4-sonli qozonxona 2024 yilning 2 iyulidan 3 iyuliga o‘tar kechasi barqaror va shtat rejimida faoliyat yuritgan.

Ayni paytda qozonxonaga suv ta’minotining yetarli darajada yetkazib berilmayotganligi sababli mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib ishlab chiqarish hajmi pasaytirilgan, deyiladi vazirlik bayonotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring