Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobodning sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Yunusobodning sobiq hokimi Baxtiyor  Abdusamatov 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Foto: Shuxrat Latipov / «Gazeta.uz»

Yunusobod tumani sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov 2018-yilning 7-sentyabr kuni pora olish vaqtida qo‘lga tushirilgani xabar qilingan edi.

«Uznews.uz»ning xabar berishicha, bugun jinoyat ishlar bo‘yicha Toshkent shahar sudida Baxtiyor Abdusamatov, O‘lmas Muxamedsaidov va Shohruh Malikovlarga nisbatan sud ishi tugallangan. 

Sobiq hokim Abdusamatov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-modda (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bo‘yicha aybdor deb topilib, u 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Shuningdek, O‘lmas Muxamedsaidov Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28-moddasi (jinoyat ishtirokchilarining turlari) orqali 211-moddasi (pora berish) bo‘yicha 10 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Shohruh Malikov esa sud zalidan ozodlikka chiqarilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring