Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» Chinozda to‘xtab qoldi

Yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» Chinozda to‘xtab qoldi

Foto: Xabar.uz

1-yanvar kuni «Buxoro – Toshkent» yo‘nalishidagi «Afrosiyob» yuqori tezlikda harkatlanuvchi poyezdi elektr kuchlanishli sim tarmog‘idagi nosozlik sababli Chinozda to‘xtab qoldi.

Natijada Toshkentdan zaxira «Afrosiyob» elektrpoyezdi jo‘natildi va ushbu poyezd yo‘lovchilarni poytaxtga olib kelgan. 

Yo‘lovchilarga yo‘l davomida qo‘shimcha issiq choy-kofe va oziq-ovqat bepul tarqatilgan.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» ma’lumotiga ko‘ra, 269 nafar yo‘lovchiga chipta narxi to‘liq qaytarib beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring