Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurgen Kloppning keyingi mavsum qaysi jamoani boshqarishi ma’lum bo‘ldi

Yurgen Kloppning keyingi mavsum qaysi jamoani boshqarishi ma’lum bo‘ldi

Germaniyalik taniqli murabbiy Yurgen Klopp keyingi mavsum Rimning «Roma» jamoasini boshqaradi. Bu haqda Italiyaning «Lan Stampa» gazetasi e’lon qildi.

Ayni damda Rim jamoasini boshqarayotgan Klaudio Raneri faoliyatini yakunlamoqda. Murabbiylik germaniyalik taniqli murabbiy Yurgen Kloppga o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Yurgen Klopp murabbiylik faoliyati davomida «Mayns», «Borussiya Dortmund» va «Liverpul» klublarini boshqargan va 2 marta Germaniya, 1 marta Angliya chempioni bo‘lgan. 

Shuningdek, u 2013, 2018, 2019 va 2022 yillarda Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga chiqib 2019 yilgi mavsumda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring