Yurtimizga Erondan iliq havo massalari kirib, harorat ko‘tariladi

Respublika Gidrometeorologiya markazi boshlangan haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Oldingi hafta oxirida, sovuq ob-havoni vujudga keltirgan antitsiklonning sovuq pereferiyasi ta’siri pasaya boshladi.
Bugun va ertaga respublikaning barcha hududlarida kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, kunduz kunlari quyosh havo haroratini 3-8o iliqgacha ko‘taradi, kechalari esa 3-6o sovuq atrofida, ba’zi joylarda 8o sovuqgacha bo‘lishi saqlanib turadi.
Keyingi kunlarda respublika hududlariga Erondan iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
Barcha hududlarda asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat asta-sekin ko‘tariladi va haftaning oxiriga kelib kechalari 0-3o iliq, kunduz kunlari 12-15o iliq bo‘ladi, bu iqlim me’yorlaridan 4-6o ga yuqoridir.
25-27 yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter