Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yuventus» Muhammad Saloh bilan kuchaymoqchi

«Yuventus» Muhammad Saloh bilan kuchaymoqchi

Foto: «Futbol 24»

«Yuventus» klubi rahbariyati «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohni Turinga olib kelishmoqchi. Turinlik agentlar 29 yoshli misrlik futbolchini yozgi transfer oynasida qo‘lga kiritishga urinib ko‘rishadi.

«Footbal Italia» yozishicha, bu yilgi omadsiz mavsumdan so‘ng «byankonerilar» hujum chizig‘ini kuchaytirishmoqchi.

Avvalroq Saloh «Liverpul» bilan 2023-yilning yoziga qadar tuzilgan shartnomasini uzaytirmasligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Muhammad Saloh «Liverpul»da ajoyib mavsumni o‘tkazyapti: Angliya chempionatining o‘zida 32 o‘yinda 22 gol urib, 13 golga assistentlik qildi. Angliya premer ligasida o‘tib borayotgan 2021-2022-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi, deya e’tirof etildi.

Darvoqe, bugun tunda Saloh va «Liverpul»ni muhim sinov kutmoqda: YChL yarimfinalining «Vilyarreal»ga qarshi mehmondagi javob uchrashuvi. Birinchi o‘yindagi 2:0 hisobi xotirjamlik uchun asos bo‘lolmaydi, raqib oldingi bosqichda kimsan «Bavariya»ni turnirdan chiqarib yuborgan. Ispaniyadagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 4 mayga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring