«Yuventus» prezidenti Perluiji Kollinaning iste’fosini talab qildi

«Yuventus» prezidenti Andrea Anelli UEFAdan hakamlar qo‘mitasi rahbari Perluiji Kollinani iste’foga chiqarishni talab qildi.
«TASS» xabariga ko‘ra, Anelli Chempionlar ligasi chorak finalidagi «Real» va «Yuventus» o‘yinidagi hakamlikdan norozi. «Hakamlar qo‘mitasi rahbari, fuqaroligini hisobga olib, har uch yilda o‘zgartirib turilishi kerak», — deb ta’kidlaydi Anelli.
UEFA Italiya jamoasi prezidentining bu gaplariga hozircha munosabat bildirgani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter