Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zalujniyning yordamchisi sovg‘aga olgan granatadan halok bo‘ldi

Zalujniyning yordamchisi sovg‘aga olgan granatadan halok bo‘ldi

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy o‘z yordamchisi mayor Gennadiy Chastyakov portlash oqibatida halok bo‘lganini ma’lum qildi.

«Bugun yordamchim va yaqin do‘stim, mayor Gennadiy Chastyakov oilasi bilan tug‘ilgan kunini nishonlayotgan vaqtida fojiali tarzda vafot etdi. Sovg‘alar ichida bo‘lgan noma’lum portlovchi qurilma ishga tushdi», — deb yozadi bosh qo‘mondon.

Zalujniyning ta’kidlashicha, marhum butun hayotini Ukraina armiyasiga bag‘ishlagan va keng ko‘lamli janglarning boshidanoq u uchun «ishonchli suyanch» bo‘lgan.

Ukraina Ichki ishlar vazirligi holatga izoh berib, Chastyakov uyiga hamkasblaridan sovg‘alar olib qaytganini va ularni qarindoshlariga ko‘rsata boshlaganda fojiali holat sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Sovg‘alar orasida granatalar ham bor bo‘lgan, uning o‘g‘li ulardan birini olib, «halqani buray boshladi», dedi vazir Igor Klimenko. Uning qo‘shimcha qilishicha: «So‘ng harbiy bolaning qo‘lidan granatani olganida fojiali portlash sodir bo‘lgan. Kvartirada politsiya yana 5 ta portlamagan granata topdi. Ular ekspertiza uchun yuboriladi».

«Politsiya tergov-tezkor guruhidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, portlash ehtiyotsizlik tufayli sodir bo‘lgan», — dedi Ukraina Ichki ishlar vazirligi vakili Maryana Reva. Uning qo‘shimcha qilishicha, marhumning 13 yoshli o‘g‘li og‘ir jarohat olgan va shifoxonaga yetkazilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring