Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zamonamizning eng taniqli bastakori — Ennio Morrikone vafot etdi

Zamonamizning eng taniqli bastakori — Ennio Morrikone vafot etdi

Foto: «Italy4.me»

Italiyalik mashhur bastakor Ennio Morrikone 91 yoshida vafot etdi. «La Repubblica» yozishicha, yiqilib tushganidan so‘ng Rim klinikasiga keltirilgan Morrikone 6 iyulga o‘tar kechasi olamdan o‘tgan.

«Kinodagi eng yaxshi musiqa bu — siz tinglayotganingiz. Eshitilmaydigan musiqa, u har qancha yaxshi bo‘lmasin, filmga kerakmas», — degan edi maestro.

Ennio Morrikone zamonamizning eng taniqli, kino sohasining esa, hech shubhasiz, birinchi raqamli bastakori edi. Uzoq va sermahsul faoliyati davomida u Italiya, Ispaniya, Fransiya, AQSh va Rossiyada suratga olingan 400 dan ortiq film va seriallarga musiqa yozgan. Qancha saundtrek yozganini hatto o‘zi ham eslay olmagan, biroq hisob-kitoblarga ko‘ra, oyiga o‘rtacha bittadan to‘g‘ri keladi. O‘sha mashhur «Yaxshi, yomon, yovuz», «Bir kuni Amerikada», «Professional» filmlari yoki «Sprut» teleseriali orqali qulog‘imizda qolib ketgan musiqalarni Morrikone bastalagan.

Morrikone «Oskar», «Oltin globus», «Gremmi» mukofotlari bilan taqdirlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring