Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotada ketma-ket uchta uy yonib ketdi

Zangiotada ketma-ket uchta uy yonib ketdi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan uch uyda ketma-ket yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent viloyati FVB xabar berdi. 

Ushbu hodisa bugun, 20 oktyabr kuni  «Aloqa» MFY hududida sodir bo‘lgan. Soat 07:19 da bir necha daqiqa farqi bilan qo‘shni bo‘lgan uchta uyda ketma-ket yong‘in sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga zudlik bilan Toshkent viloyati FVB qutqaruvchilari yetib kelgan. Yong‘in hodisasi uylarning 400 kv.m. qismiga zarar yetkazgan.

Jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar aniqlanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring