Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotada «Neksiya» to‘qnashuvda yonib ketdi, haydovchi qurbon bo‘ldi

Zangiotada «Neksiya» to‘qnashuvda yonib ketdi, haydovchi qurbon bo‘ldi

Foto: IIV matbuot xizmati

15-aprel kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumanida haydovchi I.A. «Neksiya» rusumli transport vositasini harakatlanish huquqini beruvchi maxsus stikersiz boshqarayotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan.

Qarshisidan o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan haydovchi M.N. boshqaruvidagi harakatlanish huquqini beruvchi maxsus stikersiz «Lasetti» rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan, to‘qnashuvda «Neksiya» rusumli transport vositasi yonib ketgan.

Foto: IIV matbuot xizmati

IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, «Neksiya» rusumli transport vositasi haydovchisi I.A. YTH joyida vafot etgan, «Lasetti» rusumli transport vositasi yo‘lovchisi D.N. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring