Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotada jinoyat sodir etgan shaxs Namanganda ushlandi

Zangiotada jinoyat sodir etgan shaxs Namanganda ushlandi

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilgan tadbir davomida qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, bundan necha muddat oldin Namangan shahrida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan Ibrohim X. O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi, 228-moddasi 2-qismi «b» bandi, 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etib, tergovdan yashirinib yurganligi sababli Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

Mazkur qidiruv asosida Toshkent viloyati IIBB XTTB va Zangiota tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida ushbu shaxs qo‘lga olinib, Zangiota tumani IIB olib kelingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring