Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotada ona va uning ikki farzandi o‘ldirilgan. Gumonlanuvchi – o‘gay ota

Zangiotada ona va uning ikki farzandi o‘ldirilgan. Gumonlanuvchi – o‘gay ota

17 mart kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani Xushro‘y ko‘chasida yashagan N.A. (ayol kishi, 1972 yilda tug‘ilgan) va uning birinchi turmushidan bo‘lgan farzandlari H.N. (1994 yil) va Sh.N. (1995 yil)larning murdalari ko‘krak qafasi, o‘pka va yurakka sanchilib kirgan og‘ir tan jarohatlari bilan topilgan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida xonadonga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasining xotira qurilmasi (hard disc) ashyoviy dalil tariqasida olinib, undagi video tasvirlar ko‘zdan kechirilganida, ushbu qotillik jinoyati N.A.ning sha’riy nikohdagi turmush o‘rtog‘i I.X. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda gumon qilinuvchi I.X. Zomin tumanida qo‘lga olingan. I.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» va «j» bandlari (ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura alohida nazorat o‘rnatgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring