Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotadagi yong‘in besh soatda o‘chirildi

Zangiotadagi yong‘in besh soatda o‘chirildi

Foto: Xabar. uz

Toshkent viloyati Zangiota tumanida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun  10 sentyabr kuni soat 14:15 da Zangiota tumani, «Erkin» MFYda joylashgan bo‘yoq (kraska) ishlab chiqarish sexi binosida yong‘in sodir bo‘ldi. 

Yong‘in o‘chirish ekipajlari tomonidan yong‘in soat  17:00 da   qurshab olinib, soat 18:56 da batamom o‘chirildi.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi. 

Yong‘inni bartaraf etish jarayoni Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev nazoratida amalga oshirildi, deyiladi xabarda. 

Ayni vaqtda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring