Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotalik erkakka 35 yoshida tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berildi

Zangiotalik erkakka 35 yoshida tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berildi

Foto: «Xs.uz»

Zangiotalik O.Nurmatov 35 yoshda. Biroq haligacha tug‘ilganlik guvohnomasiga ega emas. Nega?

Buning tarixi qisqacha shunday. 1985-yilda Zangiotadagi xonadonlarning biri ostonasiga noma’lum shaxslar chaqaloq (o‘g‘il bola) tashlab ketadi. O‘sha shaxslar keyinchalik ham topilmadi. Chaqaloqni tashlab ketganlar shu xonadon ahlining bolajonligini bilganligi uchunam shunday yo‘l tutgandir? Yana qaydam...

Anig‘i shuki, bolani topib xonadon egalari bu haqda hech kimga, hatto bolaning o‘ziga ham bildirmadi. Bu bilan bolaning ko‘ngli avaylangani xo‘b ma’qul. Biroq hujjat ishlari bor. Yillar davomida saqlangan sir bolaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma olishga to‘sqinlik qildi. To‘g‘ri, bolaga otalik qilgan shaxs keyinroq urinib ko‘rdi. Ammo uning tuman xalq ta’limi bo‘limi huzuridagi vasiylik va homiylik organiga, tuman FHDYo bo‘limiga, tuman ma’muriy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudiga qilingan murojaatlariga qaramay baribir masalaga yechim topilmadi.

Ayni muammo esa O.Nurmatov maktab ta’limini ham olish imkoniyatidan mahrum qildi. Voyaga yetgach, ota-onasining orzusini amalga oshirish uchun oila qurishga rozi bo‘ldi. Shar’iy nikoh asosida uylandi. Shu kunga qadar 2 nafar farzandning otasi ham bo‘ldiyu, ammo ularga o‘z nomini berolmadi.

Nihoyat, masalaga tuman adliya bo‘limi arashdi.

Aniqlangan holatlar va to‘plangan hujjatlarga ko‘ra Zangiota tumani adliya bo‘limi tegishli sudga O.Nurmatovning manfaati yuzasidan ariza kiritib, uning tug‘ilganlik faktini belgilash so‘raldi.

Sud arizachi va manfaatdorlar, guvohlarning sud majlisida bergan bayonoti asosida hamda sud ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Qayta komission va kompleks ekspertizalar bo‘limi xulosasiga tayanib, arizani qanoatlantirdi.

Shu tariqa O.Nurmatov 1985-yil 1-yanvar kuni tug‘ilganlik fakti belgilanib, bir necha yillik ovoragarchilikka barham berildi.

Sh.Mahmudov,
Zangiota tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring