«Zaporojets» qaytmoqda: kutilmagan, kuchli va qimmat

Ukrainadagi Zaporoje avtomobil zavodi (ZAZ) 2022-yildan yangilangan «Zaporojets»ni keng ko‘lamli ishlab chiqarishni boshlaydi. Yangi mashinalarga «Odessa» ZAZ nomi beriladi.
Ammo siz-u biz bilgan mashinalar o‘tmishda qoldi — endigisi butunlay yangi dizaynda, xitoycha «masalliq»lardan tayyorlangan.
Mavzuga doir: 1 oktyabrda ilk «Zaporojets» konveyerdan chiqqan (foto)
Yangi mashinalarga Xitoyning «FAW» avtokorporatsiyasiga qarashli «GrouBesturn T77» modellari asos qilib olingan, ukraincha va xitoycha modellar o‘rtasida aytarli tafovut yo‘q.

Har ikki talqinda ham 1,5 litrli, 160 ot kuchiga ega dvigatellar ishlatiladi, 6-bosqichli mexanik uzatmalar qutisi yoki «avtomat korobka» o‘rnatiladi. Avtomobil zamonaviy dizaynga ega.
«Zaporojets» paneli raqamli, zamonaviy mediatizim va ikki zonali iqlim-nazorat tizimiga ega bo‘ladi.
Yangi «Zaporojets»ning narxi 1,5 million rubldan boshlanadi. Solishtirish uchun: «Renault» kompaniyasi ayrim mashinalarini Rossiyada arzonroqqa sotyapti:
- Arkana – 1,306 mln. rubl(197,3 mln. so‘m)dan boshlanadi
- Duster – 1,017 mln. rubl(154 mln. so‘m)dan boshlanadi
- Kaptur – 1,22 mln. rubl(184,3 mln. so‘m)dan boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter