«Zapravkachi» 3 mln dollarlik tanga topib oldi

Amerikalik yoqilg‘i quyish shaxobchasi yurituvchisi Stiv Uitmor kunduzgi tushumlarni hisoblayotganida, mayda chaqalar orasidagi g‘alati 50 sentlik tanga e’tiborini tortdi. Uning rangi boshqa tangalarnikiga o‘xshamasdi.
Tangani numizmatlarga olib borgan Uitman hayratda qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, bu prezident Jon Kennedining profili tushirilgan 1964-yilgi tanganing noyob prototipi ekan. Mutaxassislar kamyob tangani 3,2 mln dollarga baholashdi, deyiladi Elcabildo xabarida.
«Birgina chaqa butun boshli biznesimdan qimmatligini tasavvurimga sig‘dira olmayapman», — dedi Stiv Uitmor.
Bunaqa tangalar hozir ham zarb qilinadi, ammo Uitmorning tangasi 90 foiz kumushdan iborat. Kennediga 1963 yil noyabrida suiqasd uyushtirilganidan ko‘p o‘tmay zarb etilgani esa noyob topilmaning qiymatini yanada oshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter