Ektor Kuperning uzoq kutilgan matbuot anjumani ertaga bo‘ladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogida ishtirok etgandan so‘ng bosh murabbiy Ektor Kuper bilan matbuot anjumani o‘tkazilmagan edi. O‘FA matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, ertaga nihoyat argentinalik murabbiy bilan savol-javob bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning mart oyida «China Cup» musobaqasida qatnashadi. Mazkur musobaqaga jo‘nab ketish oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjuman soat ertaga 14-mart kuni soat 15:00da O‘FA anjumanlar zalida boshlanadi. Matbuot anjumaniga barcha turdagi OAV xodimlari taklif etiladi.
Eslatib o‘tamiz, «China Cup» musobaqasi 21—25-mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu xalqaro turnirda Urugvay, Xitoy, Tayland terma jamoalari ishtirok etadi. Turnir yarim final va finaldan iborat bo‘ladi.
«China Cup» xalqaro musobaqasi
21-mart
Xitoy — Tailand
22-mart
O‘zbekiston — Urugvay
25-mart
3-o‘rin uchun bahs
25-mart
Final
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter