Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zebraga aylangan eshak. Hayvonot bog‘i odamlarni aldadi

Zebraga aylangan eshak. Hayvonot bog‘i odamlarni aldadi

Foto: «Haber7.com»

Misr poytaxti Qohira shahridagi hayvonot bog‘ida zebra yo‘qligi sababli, eshak zebra rangiga bo‘yab qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi «Haber7.com» sayti.

Eshakning zebra rangiga bo‘yalganini hayvonot bog‘ini tomosha qilishga kelgan 18 yoshli Mahmud Sarhoniy bilib qolgan.

«Hayvonot bog‘iga kelib, zebrani tomosha qilayotib, uning ranglaridagi o‘zgarishlarni sezdim. Yaqinroq borib qarasam, u zebra emas, zebra rangiga bo‘yalgan eshak ekan», – degan M.Sarhoniy.

Soxta zebrani tasvirga olgan o‘smir uni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib yubordi. Suratlar yashin tezligida tarqaldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring