Zelenskiyning maslahatchisi urush qachon tugashini aytdi

Ukraina prezidentining maslahatchisi Mixail Podolyak jurnalistlar bilan o‘tkazilgan telemarafonida urush 2024-yilgacha tugashini aytdi.
Shu bilan birga, amaldor Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi natijalari olinmaguncha yakuniy prognozlar qilishdan tiyilishga chaqirgan.
«Keling, Qurolli Kuchlarimiz natijalarini kutaylik, keyin esa rejalashtirishni boshlaymiz», — deydi Podolyak.
Avvalroq Podolyak rossiyalik askarlarni maksimal darajada yo‘q qilish Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya qurolli kuchlariga psixologik bosimni oshirishga qaratilgan maqsadlaridan biri deb atagan.
Rossiya prezidenti Ukrainaning qarshi hujumiga baho berib, Kiyev tomoni katta yo‘qotishlarga uchraganini iddao qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter