Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Chernigov markaziga raketa hujumi uyushtirilganini e’lon qildi

Zelenskiy Chernigov markaziga raketa hujumi uyushtirilganini e’lon qildi

Mintaqada havo hujumi haqida ogohlantirishlar yangramoqda. So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, yetti kishi halok bo‘lgan, yana 129 kishi yaralangan, ulardan 15 nafari bola va 15 nafari politsiyachi.

Chernigov markazida portlash sodir bo‘ldi, dedi viloyat ma’muriyati rahbari Vyacheslav Chaus.

«Pana joylarda qoling. Tafsilotlar keyinroq», — deb yozdi u telegram-kanalida.

Hududda havo ogohlantirishi e’lon qilindi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining telegram-kanalida voqea joyidan olingan videoni joylashtirdi. Unga ko‘ra, Shevchenko ko‘chasi, 7-uyda joylashgan viloyat hokimligi binosida yong‘in sodir bo‘lgan. Kadrlarda u yerdan tutun qanday ko‘tarilayotgani, favqulodda xizmatlar ishlayotgani ko‘rsatilgan.

Bino T. Shevchenko nomidagi Chernigov viloyat akademik Ukraina musiqa va drama teatri joylashgan maydonda joylashgan.

Drama teatrida 19 avgust kuni dronlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi tashkilotchilar. Ta’kidlanishicha, tadbir viloyat hokimligi bilan kelishilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring