Zelenskiy «Kiyev Rusining yagona merosxo‘ri» kim ekanini aytdi. Zaxarova darhol javob qaytardi

Zelenskiy Ukrainani «Kiyev Rusining yagona merosxo‘ri» deb atadi. «U holda Ukrainaning bir qismi Rus o‘lkasi deb nomlanishidan xafa bo‘lmang», javob qaytardi Zaxarova.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina davlatchiligi kuni munosabati bilan qilgan murojaatida Ukraina Kiyev Rusining yagona merosxo‘ri ekanligini aytdi.
«Ukraina davlati kamida bir yarim ming yil avval mavjud bo‘lgan. Kiy, Щyek, Xoriv va Libed Ukraina poytaxtiga asos solishgan va Ukraina Kiyev Rusining yagona qonuniy merosxo‘ri sanaladi», — dedi Zelenskiy.
Zelenskiy, shuningdek, Ukraina «mustamlaka, anklav, protektorat, o‘zga imperiyalarning bir qismi, «ichki hududi», ittifoq respublikasi, avtonomiya emas, balki erkin, suveren, bo‘linmas va mustaqil davlat ekani»ni ta’kidlagan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Zelenskiyning «Kiyev Rusi vorisi» haqidagi so‘zlariga darhol kinoyali munosabat bildirdi.
«Knyaz Vladimir, Ukrainaning bir qismi Rus o‘lkasi deb atalishidan xafa bo‘lmang», dedi vazirlikning rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter