Zelenskiyning ishi sudda ko‘rilmoqda

Joriy yilda Ukrainadagi prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan Vladimir Zelenskiy Kiyevning Obolon tumani sudiga chaqirildi. Bu haqda Ukrainaning «Fakti» nashri yozdi.
Zelenskiy Ukraina ma’muriy huquqbuzarlik kodeksining 212-10 moddasi ya’ni mavjud saylov qonunchiligini buzishda ayblanmoqda. U saylov qog‘ozini jurnalistlarga ko‘rsatib, o‘ziga ovoz berganini bildirgandi. Qonunchilikka ko‘ra, ovoz berish yashirin bo‘lishi kerak.
Bo‘lajak prezident endi jarima to‘lashga yaqin turibdi.
Avvalroq, Vladimir Zelenskiy «1+1» telekanalida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan bog‘liq lavha uchun butun musulmon ahlidan uzr so‘ragandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter